Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Islom Boyqobilov “Ibrat Academy” marafoni g‘olibi bo‘ldi.
Islom Boyqobilov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida yuqori natija ko‘rsatdi va g‘olib sifatida Londonga bir haftalik bepul ta’lim sayohati yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Agentligimiz tizimidagi Xatirchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Ilhomjon Baxronov hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi Shamshodbek Axmadov ham “Ibrat Academy” marafonining final bosqichida eng yuqori natija ko‘rsatib, Londonga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritgan edi.