Korrupsiyaga qarshi kurash

Hurmatli tizim xodimlari,

Qadrli ota-onalar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlariga guvohi boʻlsangiz yoki ularning qonunchilikka zid boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Agentlikning “Ishonch telefoni” (71-207-40-48) yoki mazkur aloqa kanallari orqali oʻz murojaatingizni yoʻllashingiz mumkin:

  • t.me/stopcorruption_bot
  • https://piima.uz/page/anti-corruption
  • info@piima.uz

Sizning ushbu murojaatlaringiz maxfiyligi kafolatlanadi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar boʻyicha keskin choralar koʻriladi.

Shu oʻrinda tizim xodimlaridan korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqirib qolamiz.

Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha murojaati

Skip to content